Amazon kompaniyada mingta robot ishlayotganiga qaramasdan, 50 mingta xodimni ishga oladi. Bu haqda Fortune’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Amazon Jobs Day doirasida kompaniya 50 mingta xodimni ishga oladi. 2018-yilga borib Amazon jami 100 mingta xodimni ishga olmoqchi.
Nomzodlarga Amazon qanday ishlashi ko‘rsatiladi, suhbat o‘tkaziladi va birdaniga ish taklif qilinishi mumkin.
Vitse-prezident Jon Olsenning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya “raqobatli ish haqi” va bonuslar taklif qiladi.
Xabar qilinishicha, Amazon ma’lumotlar tahlili va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar va xodimlar izlamoqda.
Izoh (0)