Andijon viloyat IIB hamda Shahrixon tumani IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Shahrixon shahrida yashovchi, hech qayerda ishlamayotgan M.Q. o‘z uyi oldida xolis xaridorga bir dona sellofan paketda og‘irligi 2 kilogramm 665 grammni tashkil qilgan marixuana moddasini 130 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.
Hozirda holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi, ya’ni ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)