Namangan viloyatida shakarning 1 kilogramm chakana narxi 5200 so‘m etib qat’iy belgilangan. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, viloyatda shakarni yuqori narxlarda sotishning oldini olish yuzasidan muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shunday nazorat tadbirlari natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 37 ta holat qayd etilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Jumladan, Namangan shahridagi Chorsu dehqon bozori hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirida bir fuqaro 55 kilogramm shakarni har bir kilogrammini 6000 so‘mdan sotayotgani aniqlangan.
Shuningdek, Mingbuloq tumanidagi “Samijon universal baraka bozori” hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirida esa boshqa bir fuqaro 90 kilogramm shakarni belgilanganidan yuqori narxda sotayotgani ma’lum bo‘ldi.
“Har ikki holat yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilgan”, — deyiladi UZ24 xabarida.
Izoh (0)