Andijon shahrida joriy etilgan stol-stul posti 2017-yilning 21-iyulida o‘z kelinini pichoq bilan o‘ldirmoqchi bo‘lgan qaynotani aniqladi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.
Andijon tuman Xakan QFYda yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan R.T 2017-yilning 21-iyulida oilaviy kelishmovchiliklardan siqilgan holda o‘z xonadonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shundan so‘ng R.T. mast holda oldindan kelinining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lganligi sababli uni o‘ldirishga qaror qilgan. Kelin uyda bo‘lmagani sababli R.T.mast holatda kelinini izlashni davom ettirgan holda ko‘chaga chiqqan,
Andijon shahar Pushkin ko‘chasida joylashgan bolalar bog‘i oldiga kelganida, shu ko‘cha boshida Andijon shahar IIB va Andijon shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan stol-stul postida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan to‘xtatiilgan.
Tekshirish jarayonida R.T.ning yonidan sariq sopli xo‘jalik pichog‘i chiqqan. Surishtiruv davomida fuqaro R.T o‘z kelinini shu pichoq bilan o‘ldirmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.
Izoh (0)