Turkiya yig‘inida bo‘lib turgan Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Klub matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, birinchi bo‘limda kuchlar teng kelgan. Ikkinchi bo‘limga kelib saudiyalik futbolchilar Aleksandr Lobanov qo‘riqlayotgan darvozaga javobsiz uchta gol urishga erishgan.
Bu Shota Arveladze bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon “Paxtakor”ning ilk norasmiy mag‘lubiyati bo‘ldi. 30-iyul kuni Toshkent grandi Saudiyaning boshqa bir klubi “Ar-Riyod” bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishni rejalashtirgan.
“Championat.asia” nashri “Al-Ittifoq” matbuot xizmatiga tayanib, uchrashuv fotosuratlarini taqdim etdi.
O‘rtoqlik o‘yini Istanbul, Turkiya 28-iyul, juma
Izoh (0)