IShID terrorchilik guruhi boshlig‘i Abu Bakr al-Bag‘dodiy tirik va Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatida yashirinmoqda. Bu haqda Al-Quds Al-Arabi gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr manbalariga ko‘ra, al-Bag‘dodiy Dayr-az-Zorning Iroq bilan chegaradagi Albu-Kamal va Al-Mayadin aholi punktlari oralig‘idagi hududda bo‘lishi mumkin. Jangarilar Suriya va Iroqdagi shaharlar ustidan nazoratni yo‘qotgan vaqtda IShID boshliqlari va dala qo‘mondonlarining ko‘pchiligi aynan o‘sha yerga joylashib olgan edi. Gazeta qayd etishicha, birinchi raqamli terrorchi guruhga qo‘mondonlik qilishda “asosiy rolni o‘ynashda davom etmoqda”.
Nashr eslatishicha, “As-Sumariya” telekanali 11-iyul kuni Iroqning Naynov viloyatidagi mahalliy manbasiga tayanib, IShID jangarilari o‘z boshlig‘i al-Bag‘dodiyning o‘limi haqida e’lon qilganini xabar bergan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)