Davlatning birinchi shaxslarini qo‘riqlash bilan ham shug‘ullanadigan AQSh Maxfiy xizmati xodimi xizmat quroli bilan o‘zini tasodifan otib qo‘ydi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa Vashingtonda yuz berdi. Xizmatda bo‘lgan Maxfiy xizmat xodimi tasodifan o‘z quroli bilan o‘ziga o‘q uzdi.
Jabrlanuvchini kasalxonaga yetkazishdi. Ta’kidlanishicha, jarohatlar uning hayotiga xavf solmayaypti.
Hodisadan boshqa hech kim jabr ko‘rmagan. Maxfiy xizmat ushbu voqeani tekshirmoqda.
Izoh (0)