Minglab musulmon arablar Quddusdagi Ibodatxona tog‘iga ko‘tarilishdan bosh tortdi va Isroilning ziyoratgoh atrofidagi nizoni tartibga solish borasida yon bosishlarini e’tiborga olmasdan, qo‘shni ko‘chalarda namoz o‘qidi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Musulmonlarning diniy yetakchilari metall detektor va videokameralarning demontaj qilinishini yetarli emas, deb hisoblab, Isroil hukumatidan Ibodatxona tog‘iga kirishda har qanday nazorat vositalarini qo‘llash g‘oyasidan butunlay voz kechishni talab qilmoqda.
Nashr eslatishicha, Isroil va Falastin o‘rtasidagi aloqalar 14-iyul kuni, uch nafar falastinlik bir guruh politsiyachilarga qarata o‘t ochganidan keyin keskinlashdi. Hodisa natijasida ikki nafar huquq himoyachisi halok bo‘ldi. Hujum qilganlar yo‘q qilindi, shundan so‘ng Isroil Ibodatxona tog‘iga metall detektor o‘rnatdi.
Izoh (0)