Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan “Olmaliq” klubi o‘z ishtirokiga yakun yasadi.
Bir yil avval shu musobaqaning guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgan jamoa, oradan bir yil o‘tib ketma-ket ikki o‘yinda yirik mag‘lubiyatlar qabul qilib oldi va ortga quruq qo‘l bilan qaytadigan bo‘ldi.
O‘zining birinchi o‘yinida Livanning “Beyrut Bank” jamoasidan 3:8 hisobida yengilgan O‘zbekiston futzalining amaldagi chempioni, bugun — 25-iyul kuni Tailandning “Chonburi Blyuveyv” klubiga qarshi hech narsa qila olmadi — 0:5.
Qayd etish kerak, 1-turda Tailand klubi Livan chempioni darvozasiga javobsiz 9 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.
Osiyo chempionati “D” guruhi. 3-tur 25-iyul, seshanba
Izoh (0)