Faoliyatining asosiy qismini Ukrainada o‘tkazgan o‘zbekistonlik futbolchi Maksim Shatskix chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lib kelayotgandi. “ISport” nashrining Ukraina Premyer-ligasiga asoslanib xabar berishicha, Maksim yaqqol peshqadamlik mavqesidan tushirilgan.
1999-yil Shatskix “Dinamo”ning “Prikarpatye” klubiga qarshi o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bellashuv kiyevlik futbolchilarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan.
Oradan 18 yil o‘tib, Shatskix nomiga yozilgan gol aslida avtogol ekani oydinlashdi. Videotakrorlarga murojaat qilgan Ukraina Premyer-ligasi endilikda Maksimning umumiy gollari 124 tani emas, 123 tani tashkil qilayotgani haqida aytib o‘tdi.
Ukrainalik Sergey Rebrov ham chempionatda 123 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Yangi qarordan keyin “Shaxtyor”, “Dinamo” kabi klublar sharafini himoya qilgan Rebrov peshqadamlikda Shatskix bilan qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan.
Ayni vaqtda Sergey Rebrov Saudiyaning “Al-Ahli” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. Maksim Shatskix esa Kiyevning “Dinamo” klubi yoshlariga murabbiylik qiladi.
Izoh (0)