Netflix striming xizmati “Kalmar o‘yini” shousining uchinchi — so‘nggi mavsumining birinchi tizerini chiqardi. Mashhur serialning yangi qismlarini kutish uchun bir necha hafta qoldi.

Uchinchi mavsum premyerasi 27-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, loyiha 2021-yilda ekranlarga chiqqan edi. Asosiy rollarda Li Jon Je, Pak He Su, O Yen Su, Chon Xo Yen va boshqalar rol o‘ynagan. Rejissyor — Xvan Don Xek.
Eslatib o‘tamiz, ilgari “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumi Netflix rekordini o‘rnatgan edi. Serial Netflix yetib borgan barcha mamlakatlarda tomosha qilishlar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi o‘tgan yilning oxirida chiqqan edi. Garchi shov-shuvli loyihaning davomi tanqidchilarning turlicha fikrlariga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, bu unga 2024-yilning eng ko‘p tomosha qilingan seriali bo‘lishga to‘sqinlik qilmadi.
Izoh (0)