Nyu-York shtatining janubidagi Long-Aylend bo‘g‘ozida qiziq voqea ro‘y berdi. Po‘rtana laqabli tillarang retriver zotidagi kuchuk cho‘kayotgan kiyikchani qutqarishga oshiqdi, deb xabar beradi UAEInside.
Kuchukning xo‘jayini qutqarish sahnasini videoga olishga erishdi, so‘ng qutqaruvchilarni chaqirdi.
Facebook’da 5,2 million marta ko‘rilgan videoda kuchuk mitti jonivorni sohilga olib chiqqani hamda uni hayotga qaytarish maqsadida burni va oyoqlari bilan turta boshladi. Ammo qutqaruvchilar kelganida qo‘rqib ketgan kiyik bolasi yana suvga tashlandi. U takror qutqarib olingach, reabitilatsiya markaziga yetkazildi.
Izoh (0)