Turkiyaning Bodrum, Marmaris, Gretsiyaning Kos kurortlarida 6,7 ball quvvatga ega zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
21-iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan tabiiy ofat fotosuratlari internetda paydo bo‘la boshladi.
Ofat epitsentri Egey dengizida, Bodrum kurortidan 10 kilometr narida edi.
Ma’lum bo‘lishicha, Gretsiyaning Kos orolida ikki kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Turkiyada qurbonlar yo‘q, lekin 80 kishi jarohat olgan.
Marmarisda sohil bo‘yidagi mehmonxonalar suv ostida qolib ketdi.
Izoh (0)