Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar diplomatik izolyatsiyadan chiqishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan talablar ro‘yxatini qisqartirdi. Bu haqda Saudiyaning BMTdagi vakili Abdulla al-Muallimiy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Aytilishicha, Saudiya, BAA, Misr va Bahrayn diplomatlari 13 banddan iborat talablar ro‘yxati o‘zgartirilgani va qisqartirilganini tasdiqlagan. Endilikda ro‘yxat “olti umumlashma prinsip”dan iborat.
“Albatta, biz murosaga borishga tayyormiz, lekin mana shu olti prinsipda ortga chekinish bo‘lmaydi”, — ta’kidladi al-Muallimiy jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Izoh (0)