Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasi AQSh senatiga ovoz berish uchun avgust ta’tillari boshlanguncha qaytarilishi mumkin. Bu haqda senatning xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Bob Korker ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Politico nashriga ko‘ra, “Rossiyaga qarshi sanksiyalar borasida ikki partiya o‘rtasida kelishuvga erishish uchun muhlat paydo bo‘lishi va loyiha shu oyning o‘zida prezident Tramp kabinetiga yetkazilishi” mumkin.
Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha loyiha demokratlar Trampning mazkur choralar bo‘yicha harakatlarini cheklashlariga xalal beradigan o‘zgarishlarga qarshi chiqayotgani sababli muallaq qolgandi.
Izoh (0)