Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” klubi Alvaro Moratani qo‘yib yuborishga qaror qildi va “Chelsi” taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda “aristokratlar” matbuot xizmati rasman xabar berdi.

Foto: Daily Express

Foto: Daily Express
Londonliklar Alvaro Morata uchun 80 million yevrodan voz kechdi. Endi klub futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oladi va ikki tomon shartnoma imzolaydi.

80 millionga baholangan Alvaro Morata eng qimmat ispaniyalikka futbolchiga aylandi. Bunga qadar rekord Fernando Torresga tegishli bo‘lib, “Liverpul” hujumchining orqasidan 58 million yevro ishlab olgandi.

Qizig‘i shundaki, ispaniyalik eng qimmat ikki futbolchiga bitta klub — “Chelsi” chiqim qilgan. Bungacha Fernando Torresning transferi o‘zini oqlamagandi. Endilikda Alvaro Morata londonliklar o‘zi uchun sarf qilgan pullarni oqlashga harakat qiladi.

Avvalroq Moratani Angliyaning boshqa bir klubi “Manchester Yunayted” ham qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rgandi. Biroq Romelu Lukaku varianti o‘xshagach, “mankunianlar” Morata uchun kurashdan chiqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi