20-iyul, payshanba kuni ertalab Bishkek—O‘sh trassasining 460-kilometrida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb yozadi KNews FVVga tayanib.
Muassasa ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir yuk tashuvchi avtomobil hamda Honda Odyssey va Honda Step yengil mashinalari to‘qnashib ketgan.
Yuk mashinasida ikki kishi, Honda Step’da to‘qqiz kishi va Honda Odyssey’da olti kishi bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida voqea joyida sakkiz kishi — to‘rt erkak, uch ayol va besh yoshli qizcha halok bo‘ldi. Uch kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazildi.
Izoh (0)