AQSh respublikachi senatori Jon Makkeynga bosh miya saratoni tashxisi qo‘yildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
80 yoshli siyosatchining chap ko‘zidan qon quyqasi olib tashlangandi. Mazkur muolajadan keyingi to‘qimalar tahlili bunga boshlang‘ich glioblastoma sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.
Hozirda Makkeyn operatsiyadan keyin Arizona shtatidagi uyida o‘ziga kelmoqda. Shifokorlar uni davolashning turli variantlari, jumladan, kimyoviy va radioterapiyani birgalikda qo‘llash usulini ko‘rib chiqmoqda.
Neyrojarroh Sanjay Guptaga ko‘ra, glioblastoma o‘ta tajovuzkor o‘simta bo‘lib, bosh va orqa miya to‘qimalarida hosil bo‘ladi. Bunday tashhis qo‘yilgan bemorlarda tirik qolishning o‘rtacha muddati, davolanish olib borilgan taqdirda, 14 oyni tashkil etadi.
Izoh (0)