AQSh prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasining Suriyadagi mo‘tadil muxolifatni qurollantirish va harbiy tayyorgarlik bo‘yicha dasturini yopishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur dastur 2013-yildan beri amalda bo‘lgan va AQSh sobiq prezidenti Barak Obama tomonidan Suriya rahbari Bashar Asadga bosim o‘tkazish uchun qabul qilingandi. Rossiya 2015-yili Suriyaga qo‘shinlarini kiritganidan so‘ng uning samaradorligi shubha ostiga olindi.
The Washington Post manbalariga ko‘ra, Tramp Suriya muxolifatiga yordam berishni to‘xtatish haqidagi qarorni MRB direktori Mayk Pompeo va milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster ishtirokidagi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ilk uchrashuvi arafasidagi maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qildi.
U shu tariqa Moskva bilan Suriyadagi sulh masalasida kelishuvga erishish istagida eganligi bildirilmoqda.
Izoh (0)