AQSh bazalarining Suriyadagi joylashuvi haqidagi maxfiy ma’lumotlar Turkiyaning Anadolu agentligi tomonidan chop etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2015-yildan buyon bitta baza Rumaylan hududida (al-Xasaka viloyati) ishlab turibdi. U ancha yirik bo‘lib, transport samolyotlarini qabul qila oladi.
2016-yili esa Ayn al-Arab shahrining Xarob-Isk tumanida harbiy baza ochilgan bo‘lib, uning hajmi faqat vertolyotlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. Shuningdek, u kurdlarga harbiy yordam yetkazish yo‘nalishlaridan birida tranzit vazifasini bajaradi.
Al-Xasaka viloyatidagi yana uchta baza tilga olinadi. Ularning oxirgisi Tal-Baydar tumanida qurilgan. U yerda AQShning yuz nafar harbiy xizmatchisi o‘rnashgan. Ash-Shaddodiy bazasida esa 150 harbiy xizmatchi turibdi.
Nihoyat, Manbij shahrida Ozod Suriya armiyasiga qarshi kurashga qaratilgan ikki baza, Rakka viloyatida esa uchta baza joylashgan.
Izoh (0)