Iyul — Janubiy yarim shardagi ikkinchi qish oyi va Chili poytaxti Santyagodagi eng sovuq oy, ammo bu yerda havo harorati doim musbat holatda saqlangan. 2017-yil istisnoli bo‘ldi: 15-iyul kuni harorat 3 daraja sovuqqa tushib ketdi, bu me’yordan 12 daraja past demakdir, tushgan qor esa bir necha kun davomida saqlanib turdi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.
Meteorologlar ma’lumotlariga ko‘ra, bu nafaqat o‘tgan o‘n yillikdagi birinchi qor bo‘ldi, balki 46 yil ichidagi eng kuchlisi ham bo‘ldi. Shaharning ba’zi tumanlarida qor qatlamining balandligi 40 santimentrga yetdi, avtotransport harakati jiddiy qiyinchilikka uchradi.
Ayni paytga qadar ikki nafar mahalliy fuqaro shikastlangani va yana bir kishi halok bo‘lgani ma’lum: kasalxona soqchisi muassasaning kirish qismini tozalashga urinib, qorning og‘irligidan uzilib ketgan simlarga tegib ketdi va uni tok urdi.
330 mingga yaqin odam elektr ta’minotisiz qoldi, ammo qor Chili poytaxti uchun haqiqatda noyob hodisa bo‘lgani sababli, aholining ko‘pchiligi “sehrli muhit”dan zavqlanib, qorodamlar yasadi.
Izoh (0)