AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z Twitter’ida uning G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yana bir uchrashuvi haqida OAVlar tarqatgan xabarga izoh berdi, ushbu uchrashuv avval tilga olinmagan edi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Putin bilan maxfiy kechki ovqat haqidagi soxta xabar — vahimali. Barcha G20 yetakchilari va ularning rafiqalari Germaniya kansleri tomonidan taklif qilingan edi. Bu haqda matbuot ham bilardi”, — deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “soxta yangiliklar tarqatuvchi OAVlar” yanada insofsiz bo‘lib bormoqda.
“Hattoki 20 nafar yetakchilar uchun Germaniyada uyushtirilgan ziyofatga ham mudhish ko‘rinish berishdi!” — dedi Tramp.
Izoh (0)