Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston bosh konsulligining ochilishi haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Qaror O‘zbekiston jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini samarador himoya qilish, ularga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, O‘zbekistondan borayotgan fuqarolar migratsion oqimlari monitoringini olib borish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekistonning Rossiyada ikkita diplomatik vakolatxonasi bor — Moskvadagi elchixona va Novosibirskdagi bosh konsullik. TIV Qozon, Rostov-Don, Yekaterinburg, Vladivostok singari shaharlarda ham konsullik muassasalarini tashkil qilish masalasi ustida ishlamoqda.
Izoh (0)