Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida muqaddam firibgarlik sodir etib sudlangan shaxs yana shunday jinoyatni sodir etganda qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Olmazor tumanida yashovchi K.M Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi S.K ga Xitoydan mebel ishlab chiqaruvchi texnika vositasini olib kelib berishni va’da qiladi va 55.600.000 so‘m olib, o‘z ehtiyoj uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha Chilonzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)