Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu to‘rt karra ota bo‘ladi. Bu haqda “Chempionat” Ispaniyaning El Mundo nashriga asoslanib xabar berdi.
Bir necha oydan buyon Krishtianuning jufti sifatida OAV diqqat markazida turgan Jorjina Rodriges homilador. Vaziyatga izoh berar ekan futbolchi yana bir farzandini kutayotganidan baxtiyor ekanini yashirmadi.
8-iyun kuni surrogat ona Ronalduga egizak farzandlar tug‘ib bergandi. Bir o‘g‘il va bir qiz egizaklarga Mateo hamda Yeva deb ism berishdi. Jahon yulduzining birinchi o‘g‘li ham surrogat ona tomonidan dunyo keltirilgandi.
Shundan kelib chiqilsa, Jorjina kutayotgan farzand bu borada Ronaldu uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Juftlik bir necha oydan buyon birga bo‘lsa-da, hozirgacha oila qurishga qaror qilmagan.
Izoh (0)