IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qarorlar qabul qilish va jangarilarni boshqarishda ishtirok etmayapti. Bu haqda 17-iyul, dushanba kuni Pentagonda bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Vakilga ko‘ra, “al-Bag‘dodiy na qarorlar qabul qilish jarayonlari, na jangarilarni boshqarishda ishtirok etmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Iroq IIV razvedka va aksilterror operatsiyalari xizmati direktori Abu Ali al-Basriy al-Bag‘dodiy tirik ekanligi va Suriyada yashirinib yurgani, o‘zining o‘limi haqidagi ma’lumotlarni esa xavfsizlik maqsadida tarqatganini bildirgandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)