Rossiyaning MISIS texnologik tadqiqotlar milliy instituti olimlari yo‘l qoplamalari uchun “o‘zini o‘zi davolaydigan” asfaltobeton materiallari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratdi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.
Uglerod nanoquvurlari bilan to‘yintirilgan mukammal tarkib, shuningdek, yo‘l yoriqlarini bartaraf qilishning yangi usuli yo‘llarni ta’mirlash muddatini bir haftadan bir necha soatgacha qisqartirish imkonini beradi.
Tadqiqot mualliflari yangi texnologiya ta’mirlash-qurilish ishlarini uchun ketadigan xarajatlarni kamida uch marta kamaytiradi, deb hisoblamoqda. Yangi texnologiya uzoq va haydovchilar uchun noqulay bo‘lgan yo‘l qoplamasining ustki himoya qatlamini o‘zgartirish jarayonidan holi. Amaldagi so‘nggi texnologiya ko‘pincha trassa qismlarining uzoq vaqt yopilishini talab qiladi.
Tok o‘tkazuvchi uglerodli “Taunit-M” ko‘p devorli nanoquvurlar yuqori induksion moslashuvchanlik namoyon etuvchi mukammal ko‘rsatkichlarga ega. Ta’kidlanishicha, bu qo‘shimcha yo‘l qurilish narxini juda ko‘p oshirmaydi: 50 kilometrga 17 gramm nanoquvurdan foydalanish tavsiya qilinmoqda.
Qo‘shimcha qo‘llanilganidan so‘ng yo‘l bo‘ylab asfalt qiluvchi katok shaklidagi mikroto‘lqinli pechga o‘xshash qurilma harakatlanib, yo‘l yuzasini isitadi va nanoquvurlarni harakatga keltiradi. Natijada yo‘l yoriqlari “tuzaladi”.
Yangi texnologiyaning “JCh — 2018”ga tayyogarlik dasturidagi yo‘l obyektlaridan birida qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)