2003-yilda qasddan qotillik qilishda ayblangan pokistonlik 11-iyul, seshanba kuni Dubay sudiga kelib, unga qarshi e’lon qilingan ayblovni rad etdi, deb yozadi UAE Inside.
Ayblov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi ikki sherigi bilan birga do‘konga kirib, hindistonlik do‘kondorni dastlab tayoq bilan urgan, birozdan so‘ng u hushiga kelgach, pichoq bilan bir necha marta chuqur jarohatlagan, natijada u vafot etgan. Shundan so‘ng o‘g‘rilar uni talab ketgan.
2004-yilda uch nafar ayblanuvchi umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan. Sirtdan hukm qilingan pokistonlik esa endi Dubay sudiga keldi. Sud unga advokat tayinlaydi, so‘ng ish ikkinchi marta ko‘rib chiqiladi.
Qolgan ikki mahbus qochoq moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirganini va ular bilan uchrashgan vaqtidayoq qurbonni talashni rejalashtirganini aytdi. Ushbu hodisa haqidagi ish qaytadan 6-avgustda ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)