Toshkentning “Paxtakor” klubi gruziyalik mutaxassis Shota Arveladze bosh murabbiyligida birinchi norasmiy o‘yinida maydonga tushdi va Birinchi liganing “Lokomotiv-BFK” klubi darvozasiga 8 ta gol urdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Bellashuvda Jasir Hakimov 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Isroillik Gidi Kanyuk “Paxtakor”dagi birinchi golini kiritdi.
Shota Arveladze ikki taymda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. Birinchisida asosiy tarkib futbolchilarini ko‘rish mumkin. Bunda “Paxtakor” 2 ta hujumchi bilan harakat qilgan. Ikkinchi bo‘limda esa qolgan futbolchilar saf tortgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanov shu kuni 1-bo‘limda to‘p surdi. “Nasaf”dan olib kelingan Eldor Suyunov esa 2-taymda maydonga tushdi. Braziliyalik legioner hujumchi quyi liga klubi darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Nazorat o‘yini “Paxtakor” stadioni 13-iyul, payshanba
Izoh (0)