Xitoylik rassom Ge Yuylu 2013-yili Pekinning Chaoyan tumani yaqinidagi nomsiz ko‘cha oldiga o‘z ismi yozilgan lavha o‘rnatgan edi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, 460 metr uzunlikdagi kichik torko‘cha ilgari turar-joy kompleksi ichida bo‘lgani uchun nomsiz qolib ketgan.
2014-yili AutoNavi navigatsion servisi o‘z xaritasida ko‘chani o‘sha soxta nom bilan atadi. Keyinchalik “Ge Yuylu ko‘chasi” Apple Maps, Google va Baidu xaritalarida paydo bo‘ldi. Shu tariqa, to‘rt yil ichida deyarli barcha yirik servislar nomning haqiqiyligiga ishondi.
2015-yil oxirida Pekin yo‘l ishlari rahbariyati chiroqlarni raqamlashda yana shu nomdan foydalandi.
Ko‘cha belgilari rassomning diplom ishi mavzusi edi. Jurnalistlar bilan suhbatda u belgilarga san’at asari sifatida qaraganini, lekin keyinroq ularning joylashtirilishi qonuniy emasligini tushunganini aytdi.
Izoh (0)