Nyu-York rasmiylari kalamushlarga qarshi kurash uchun 32 million dollar sarflaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kemiruvchilarga qarshi choralar Nyu-Yorkning bir necha tumanida qo‘llanadi. Shahar rasmiylari turar-joylarning yerto‘la qismini sementlab tashlash, chiqindilarni noqonuniy tashlaganlik uchun jarima summasini ko‘paytirish, chiqindi qutilarini quyosh batareyalarida ishlaydigan kompaktorlarga almashtirishni rejalashtirmoqda.
“Biz kalamushlarni Nyu-York hayotining tarkibiy qismi deb hisoblashdan bosh tortamiz”, — deydi shahar meri Bill de Blazio.
Izoh (0)