Amerikaning Oklaxoma shtatida istiqomat qiluvchi erkak o‘zini politsiya xodimlari qo‘lga olgach sevgan qiziga turmush qurish taklifini berdi, deb xabar berdi UPI.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Brendon Tomson AQSh mustaqilligi kunini hamda oilasi va sevgilisi davrasida tug‘ilgan kunini nishonlayotgan bo‘lgan. Politsiya xodimlari erkakning uyiga kelib uni oltita noqonuniy xatti-harakatda gumonlab hibsga olgan. Amerikalik yigitga aynan qanday ayblovlar qo‘yilgani aytilmadi.
Tomsonning qo‘liga kishan taqishgach, u onasidan ruxsat so‘ragan va bir oyoqda tiz cho‘kkan. Uni qo‘lga olgan politsiya xodimlari Tomson sevgilisi Keytning qo‘liga uzuk taqishi uchun qo‘llarini bo‘shatib turgan.
Izoh (0)