2017-yilning birinchi yarim yilligi hisob-kitoblariga ko‘ra rasmiy dilerlar tomonidan umumiy qiymati 180,7 millard tenge bo‘lgan 20 876 dona (eskport ham hisobga olingan) yangi avtomobil sotilgan. Qozog‘istonliklar iyun oyida avtomobil sotib olish uchun 50,6 milliard tenge sarf qilgan, deb xabar berdi “1news.uz”.
Toyota Qozog‘iston bozorida eng ko‘p sotiladigan avtomobillar reytingini hamon boshqarib kelmoqda, ushbu brend avtomobillari iyul oyida 861 dona sotilgan. Ikkinchi pog‘onani Lada (857 dona), uchinchi o‘rinni esa UAZ (287 dona) egallagan. Ravon (263 avtomobil) hamda Renault (253 avtomobil) tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi o‘rindan joy oldi.
Iyul oyida SsangYong (+146 foiz), Renault (+71 foiz), Chevrolet (+59 foiz) va JAC (+44 foiz) avtomobil brendlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatildi. Ba’zi brendlarda esa pasayish kuzatilgan: Skoda (-40 foiz), Infiniti (-46 foiz), Ford (-57 foiz).
Izoh (0)