O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportlarining joriy etilishi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda ushbu jarayon 2019-yildan boshlanishi mumkin. Bu haqda, ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ushbu masala bilan maxsus idoralararo ishchi guruh shug‘ullanmoqda.
Bir muddat ilgari mamlakatda xorijga chiqish pasportlarining joriy etilishi masalasi ko‘tarilgan edi. Rejaga muvofiq, amaldagi biometrik pasport fuqaroning O‘zbekiston ichida shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat bo‘lib qoladi. Chet elda amaldagi biometrik pasport bilan bo‘lgan shaxslar uchun ushbu hujjatdan mamlakatdan tashqarida foydalanishning alohida tartibi ishlab chiqiladi.
Ikki yillik xorijga chiqish stikerining bekor qilinishi 2017–2021-yillarda O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasida ko‘zda tutilgan. Bu masala, shuningdek, tashqi ishlar vazirining 5-iyulda vatandoshlar bilan olib borgan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotida ham ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)