Keyingi o‘quv yilidan boshlab Saudiya Arabistonida qizlarga jismoniy tarbiya darslarida qatnashish imkoniyati beriladi. Bu haqda, mamlakat ta’lim vazirligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy matbuotda aytilishicha, bu qaror mamlakatdagi ijtimoiy islohotlarning bir qismi bo‘lib, aholining konservativ qismi bu holat axloq-odob me’yorlariga zid keladi deb hisoblamoqda.
Saudiya maslahat kengashi 2014-yili qizlar uchun jismoniy tarbiya darslarining joriy etilishini ma’qullagan edi, ammo o‘shanda mamlakatdagi ruhoniyat vakillari bu qarorni “G‘arb me’yorlarini singdirish” deb baholagan va uning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan edi.
G‘arb matbuotiga ko‘ra, Saudiyada semirish ko‘rsatkichlari juda baland, shu bois hukumat bunday qadam tashlashga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)