Noma’lum shaxs Moskva shimoli—sharqida ayolni otib tashladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hodisa 11-iyul, seshanba ertalab Altufev shossesidagi savdo markazlaridan birida ro‘y berdi. Noma’lum erkak binoga kirib, tartibsiz o‘q uzdi va u yerdagi ayolning umriga zomin bo‘ldi. Shundan so‘ng joniga qasd qildi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva shahar bosh boshqarmasi rahbari yordamchisi Yuliya Ivanovaga ko‘ra, ayolning o‘ldirilishi holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘aldi. Hodisa joyida tergovchi va kriminalistlar ishlamoqda.
Erkakning shaxsi va qotillikka undagan sabablar o‘rganilmoqda.
Izoh (0)