Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on advokati orqali Germaniya sudiga haqoratli she’r haqidagi ish yuzasidan apellyatsiya kiritdi. Bu haqda, Der Spiegel nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Germaniyalik hajvchi Yan Bemerman Erdo‘g‘on haqida hazil she’r to‘qigan edi. Germaniya adliyasi Erdo‘g‘onning bu she’r ustidan shikoyatini ko‘rib chiqib, undan foydalanishni qisman taqiqladi, ammo Turkiya prezidenti to‘la taqiqlash maqsadiga erisha olmadi. Shu bois u sudga qaytadan murojaat qildi.
Ilk bor Bemerman o‘z she’rini 2016-yil 31-martda televideniyedagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali o‘qib bergan edi. Teleboshlovchining hajvi Germaniya va Turkiya munosabatlari yomonlashishiga sabablardan biri bo‘ldi.
Izoh (0)