Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Ozarbayjonda diniy sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, ikki mamlakatning diniy sohada faoliyat yuritayotgan tashkilotlari orasida yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilinmoqda.
Xabar berishlaricha, O‘zbekiston delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi 13-iyulga qadar davom etadi.
Izoh (0)