Farg‘onada bir yigit otasining yoniga kelgan shaxsni hech bir sababsiz pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona tumani IIB navbatchilik qismiga 2017-yil 9-iyul kuni soat 15:30 larda kelib tushgan xabarga ko‘ra Farg‘ona tumanida yashovchi Nodirbek (ismi o‘zgartirilgan) dala maydonida otasi yoniga kelgan tanishi M.Bo‘taboyevga hech bir sababsiz “Hamzani o‘ldir” degan so‘zlarni ishlatib yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan 1-marotaba oldi ko‘krak sohasiga va 1 marotaba orqa bel umurtqa sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.
M.Bo‘taboyev olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur xolat yuzasidan fuqaro N.Xotamovga(ism familiyasi o‘zgartirilgan) nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 97-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov xarakatlari olib borilmoqda
Izoh (0)