O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Prezident huzurida davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiya tashkil etildi.
Hujjatda komissiya faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi tartib, uning ijro apparati tashkiliy tizimi va shtat birliklari tasdiqlandi.
Komissiya ijro apparatiga Prezident devoni apparti xodimlari uchun o‘rnatilgan kafolatlar, mehnatga haq to‘lash shartlari va imtiyozlar taalluqli bo‘lishi belgilandi.
Komissiyaga bir oy muddatda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida taklif kiritish, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda muassasalar bilan 3 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Izoh (0)