Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston byudjeti hisobidan bunyod etiladigan 630 o‘rinli yangi zamonaviy maktab qurilishiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.
KNews’ning xabar berishicha, 1936-yilda qurilgan 18-maktab-gimnaziya o‘rnida qad rostlaydigan maktab O‘zbekistonning “Trest-12” qurilish kompaniyasi tomonidan barpo etiladi.
O‘sh meriyasi shaharning markaziy ko‘chalaridan birida maktab qurilishi uchun 1,11 gektar yer maydoni ajratgan.
Loyiha hujjatlariga ko‘ra, uch qavatli maktabda sport va majlislar zallari, mehnat xonasi, tibbiy shoxobcha, oshxona, yengil sport majmuasi, laboratoriyalar va boshqa ko‘plab inshootlar bo‘ladi.
Izoh (0)