Angliya Premyer-ligasida 100 tadan ortiq gol urgan va shuncha golga pas bergan bor-yo‘g‘i 3 nafar futbolchi bor, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” nashri Squawka’ga asoslanib.
Ueyn Runi premyer-ligadagi faoliyati davomida 198 ta gol urib, 101 ta golga assistentlik qilgan. Ayni damda hujumchi “Manchester Yunayted”ni tark etish arafasida turibdi. Bir necha yillar davomida “qizil iblislar” sharafini munosib himoya qilgan Runining “Everton”ga qaytib ketishi bosh murabbiy Joze Mourinyoni jiddiy o‘ylantirayotgani yo‘q.
Frenk Lempard va Rayyan Giggz Premyer-liganing Runidan keyingi futbolchilari hisoblanadi. Ularning statistikasi rasmda aks etgan.
Izoh (0)