Har bir delegatsiya muzokaralar stoli atrofida kim o‘tirishini o‘zi hal etadi. Germaniya kansleri Angela Merkel Gamburgdagi G20 sammiti rasmiy uchrashuvlarida Ivanka Tramp ishtirok etganiga shunday izoh berdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
“Ivanka Tramp AQSh delegatsiyasi a’zosi hisoblanadi va bunday harakatlar boshqa delegatsiyalarda ham qo‘llanadi. Biz u Oq Uyda ishlashi va ma’lum bir tashabbuslar uchun javob berishini bilamiz”, — ta’kidladi Angela Merkel.
AQSh prezidentining 35 yoshli qizi va maslahatchisi Gamburgdagi G20 sammitining ayrim tadbirlari, jumladan, iqlim bo‘yicha uchrashuvda otasining o‘rniga ishtirok etdi. U Donald Tramp ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazayotganida uning yo‘qligini bildirmay turgani aytilmoqda.
Izoh (0)