Parijda 12-dekabr kuni iqlim bo‘yicha yangi choralar, jumladan, moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladigan sammit o‘tkaziladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Gamburgdagi G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Sammitning yakuniy hujjatida G20 davlatlari AQSh prezidenti Donald Tramp iqlim bo‘yicha nuqtai-nazarini o‘zgartirmaganligini alohida qayd etdi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar energiya tashuvchilardan ekologik me’yorlarga rioya etgan holda foydalanishda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi.
Tramp may oyi oxirida AQSh iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida e’lon qildi. Mazkur qaror BMT jamg‘armalari ekologik dasturlariga ajratiladigan mablag‘lar kamida chorak qismga qisqartirilishi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning o‘zida parnik gazlari tashlanmalari sur’ati pasaytirilishini anglatadi.
Izoh (0)