Iroq hukumat kuchlari Mosulning tarixiy qismi ustidan nazoratni to‘liq tikladi. Bu haqda aksilterror operatsiyasi qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Shu bilan birga, terrorchilar Mosul hududidagi bir necha o‘n kvadrat metrni tutib turishda davom etmoqda. Oxirgi kunlar mobaynida 35 nafar jangari yo‘q qilindi.
IShID tomonidan qozonilgan g‘alaba haqida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy ozod etilgan G‘arbiy Mosuldagi chiqishi chog‘ida e’lon qilishi kutilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)