YuNESKO Butundunyo merosi qo‘mitasi Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Xevron (al-Xalil) eski shahrini o‘z ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Qo‘mitaning bu haqdagi xabarida Patriarxlar g‘ori (Ibrohim, Is’hoq, Sora va boshqalar dafn etilgan joy) joylashgan manzil Falastin hududi sifatida ko‘rsatilgan.
Jerusalem Post nashriga ko‘ra, YuNESKO ilk bor yahudiylar diniy obidasini Falastinniki deb atadi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu YuNESKOning bu qaroriga javoban BMTni moliyalashtirishni million dollarga kamaytirish va bu mablag‘ni Xevronda muzey qurishga yo‘naltirishga ko‘rsatma berdi.
Ma’lumot uchun, Isroil BMTni moliyalashtirishni to‘rtinchi bor qisqartirmoqda: bu ko‘rsatkich 11 milliondan 1,7 million dollargacha kamaydi.
Izoh (0)