Mo‘g‘uliston muxolifat demoktarik partiyasining nomzodi Xaltmaagiyn Battulga mamlakat prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Mongoliya seychas”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga tayanib xabar berilishicha, Battulga 580 ming ovoz to‘plab, 468 ming ovoz yig‘gan o‘zining asosiy raqibi, Milliy partiya nomzodi Miyeegombin Enxbolni ortda qoldirdi.
Saylovchilarning umumiy soni 1 milliondan oshgani sababli saylov amalga oshgan deb hisoblandi. Saylovning yakuniy natijalari barcha ovozlar hisoblab bo‘linganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Izoh (0)