• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik Muhammadjon konditsionerli palataga o‘tkazilgan, unga “avvalgidan yaxshi qarashmoqda”

    Qashqadaryolik salkam ikki oylik chaqaloq Muhammadjon Rashidov bilan bog‘liq hodisa bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida, 7-iyul kuni davomida “Daryo” internet-nashri tahririyatiga bolakayning sog‘ayib ketishi yo‘lida yordam berish niyatidagi ko‘plab fuqarolar qo‘ng‘iroq qilib, chaqaloqning oilasi bilan bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlarini so‘radi.

    Shuningdek, shu kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vaziyat yuzasidan Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i To‘lqin Rasulovning axborotini e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, chaqaloq onasi Shahnoza Hamidova va buvisi Nargiza Qurbonovaga topshirilish vaqtida buvisi aytganidek “vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan”.

    Mavzuga doir: “Bemor vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan”. Sog‘liqni saqlash vazirligi qashqadaryolik Muhammadjonning holati bo‘yicha axborot berdi

    Vazirlik axborotida ta’kidlanishicha, Muhammadjon Rashidovning operatsiyasi 17:00 da boshlanib, 18:50 gacha davom etgan. 19:30 da, “shifokorlarning ruxsat bermasligiga qaramay, tilxat asosida” chaqaloqni uyga olib ketishgan. “Bemor shifoxonadan olib ketilgan kunning o‘zidayoq soat 22:30—23:00 oralig‘ida tibbiyot markaziga qaytarib olib kelingan”, — deyiladi rasmiy axborotda.

    Nevarasi mayit yuvuvchining qo‘lida “jonlangani”ni bildirgan Nargiza Qurbonova vazirlik axborotiga munosabat bildirarkan, unga operatsiyada qatnashgan barcha shifokorlar nevarasi vafot etganini va uni olib ketish kerakligini aytganini, shu vaqtda undan tilxat yozib berishni so‘rashganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, shifokorlar operatsiyadan so‘ng unga: “Nevarangiz biroz bo‘lsa ham nafas olib turganida edi, uni reanimatsiyaga o‘tkazardik”, deb aytgan.

    Mavzuga doir: Mayit yuvuvchining qo‘lida “jonlangan” bir yarim oylik go‘dak. Qashqadaryolik Muhammadjonning hayoti saqlab qolinadimi?

    Men o‘z nevaramga dushman emasman-ku! Tirik desa, qanday qilib uyga olib ketardim?! Tirik bo‘lsa, qarindoshlarni to‘plab, go‘r qazdirib, mayit yuvuvchini chaqirib o‘tiramanmi? ‘Vafot etdi, harakatingizni qiling’, degani uchun olib ketdim. Tilxat yozdirib olishdi. Operatsiyadan avval ham tilxat yozdirib olishgan edi.

    Nargiza Qurbonova, Muhammadjon Rashidovning buvisi

    Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tibbiyot muassasalari davolanish jarayonida vafot etgan shaxsning jasadini olib ketuvchilardan tilxat olib qolmaydi. Boz ustiga, kasalxonada vafot etgan shaxslarning jasadini topshirish jarayoni ham oddiy emas — bemor aynan qanday sabab bilan vafot etganini aniqlash maqsadida jasad yorilib, ekspertizadan o‘tkaziladi.

    Ayni vaqtda, sud-tibbiy ekspertiza sohasi vakillarining qayd etishicha, diniy urf-odatlar, marosimlar bilan bog‘liq sabablar tufayli jasad yorilishining oldini olish maqsadida marhumning qarindoshlari tomonidan tilxat yozib berish holatlari ham uchrab turadi (“Og‘ir ahvolda, qarindoshlarining qat’iy talabiga ko‘ra kasalxonadan chiqarildi” mazmunida).

    Nargiza Qurbonovaning qo‘shimcha qilishicha, internetda uning murojaati e’lon qilinganidan so‘ng, nevarasi kasalxonaning konditsionerli palatasiga o‘tkazilgan (murojaatda nevarasi na konditsioneri, na ventilyatori bor xonada yotgani, operatsiya qilingan joylari “qizarib, gazak olgani” aytilgan edi), shifokorlar ham Muhammadjonga “avvalgi kunlarga nisbatan yaxshi qarashmoqda”.

    Muhammadjon Rashidovning oila a’zolari vaziyatga bee’tibor bo‘lmagan va ularni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik izhor qildi.

    07.07.2017, 19:57   Izoh (0)   68422
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda nodavlat notariuslar faoliyatiga ruxsat beriladi

    07.07.2017, 19:43

    Islom Karimov nomidagi stipendiyaning miqdori qancha?

    07.07.2017, 19:04

    “Bemor vafot etgan emasdi, u tirik bo‘lgan”. Sog‘liqni saqlash vazirligi qashqadaryolik Muhammadjonning holati bo‘yicha axborot berdi

    07.07.2017, 18:45

    Shavkat Mirziyoyev Pop tumanida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

    07.07.2017, 18:20

    Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi

    07.07.2017, 17:42

    Didingizga mos gilamlarni Heritage do‘konidan 30—40 foiz chegirma bilan xarid qiling

    07.07.2017, 16:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.