Xitoy janubida avtobusning ag‘darilib ketishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, yana bir necha kishi jarohat oldi. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi.Fojia Guandun provinsiyasida ro‘y berdi. Avtobusda 44 kishi bor edi.
Avtobus ketayotgan yo‘l vaqtinchalik yopib qo‘yilgan. YTH joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.
Izoh (0)