AQSh prezidenti Donald Tramp sloveniyalik hamkasbi Borut Paxorning mamlakatga tashrif buyurish taklifini qabul qildi. Sloveniya Trampning rafiqasi — Melaniyaning vatanidir, deb eslatadi “TASS”.
Aytilishicha, Paxor Trampga Dengizlar orasida davlatlari rahbarlari sammitida ushbu taklifni bergan. Ayni paytda Tramp ushbu sammitda ishtirok etmoqda.
Tashrifning aniq muxlatlari hozircha noma’lum.
AQShning birinchi xonimi 47 yoshli Melaniya Tramp asli sloveniyalikdir. U turmushga chiqqaniga qadar Knaus familiyasida edi. AQSh fuqaroligini 2006-yili qabul qilgan.
Izoh (0)